Xitoy tili

Xitoy tili
Milliy nomi 中文, 汉语
Mamlakatlar Xitoy, Xitoy Respublikasi, Singapur, Filippin, Malayziya, Indoneziya, Sharqiy Timor, Tayland, Vyetnam, Myanma, Kambodja, Kanada , AQSh, Peru
Rasmiylik holati

Xitoy
Xitoy Respublikasi bayrogʻi Xitoy Respublikasi
Singapur bayrogʻi Singapur

BMT bayrogʻi BMT
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1,3 mlrd.
Turkumlanishi
Til oilasi Sino-Tibet
Alifbosi Xitoy yozuvi
Til kodlari
ISO 639-1 zh
ISO 639-2 chi (B); zho (T)
ISO 639-3 zho

Xitoy tili — xutoy-tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi — 1 mlrd. 292 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi (2003 y.). Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiqkishi soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2) u; 3) syan; 4) gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin sh. talaffuziga asoslanadi.

Xitoy tili ga oid qad. yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qad. adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kitobi") va "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi") mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qad. adabiy Xitoy tili — venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzokdashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — bayxua vujudga keladi; shim. bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-asrning 1-yarmida putunxua qad. Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.

Xitoy tilidagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuz yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Mas, bir necha undosh tovush ketmaket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketmaket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining miqdori chegaralangandir. Putunxuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (qarang Tonal tillar). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.

Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbatan ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksatsiya va konversiya (bir soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumiga oʻtish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajratib olish qiyin.

Xitoy tilida deyarli oʻzlashma soʻzlar yoʻq. Oʻziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega. Xitoy tili, asosan, amorf tillardan boʻlsada, ayrim hollarda agglyutinativ belgilar ham uchraydi. Xitoy tili iyeroglifik yozuvdan foydalanadi (qarang Xitoy yozuvi).

LA.Torelov V. I., Prakticheskaya grammatika kitayskogo yazika, M., 1957; Solnsev V . M., Ocherki po sovremennomu kitayskomu yaziku, M., 1957; Yaxontov S. Ye., Drevnekitayskiy yazik, M., 1965; Hidoyatova Sh., Karimov A., Aminov E., Xitoy tili grammatikasi (fonetika va iyeroglifik yozuv), T., 2004.

Akramjon Karimov.

Xitoy tili (汉语/漢語, pinyin: Hànyǔ; 华语/華語, Huáyǔ; yoki 中文, Zhōngwén) - Xitoy-Tibet oilasiga kiruvchi til. Xitoy Xalq Respublikasi,Tayvan, Gang Kong, Makau va Singapurning rasmiy tili. Bugun Xitoy tilida 1.136 milyard kishi soʻzlashadi.

  • havolalar

Havolalar

  1. http://www.uyghurche.com - Uygʻurcha-Xitoycha Lugʻat
  2. http://www.chinese-tools.com - Xitoycha-Inglizcha Lugʻat



Other Languages
Acèh: Bahsa Cina
Afrikaans: Chinees
አማርኛ: ቻይንኛ
aragonés: Idioma chinés
العربية: لغة صينية
مصرى: لغه صينى
asturianu: Idioma chinu
azərbaycanca: Çin dili
تۆرکجه: چین دیلی
башҡортса: Ҡытай теле
Boarisch: Kinäsisch
žemaitėška: Kėnu kalba
Bikol Central: Tataramon na Intsik
беларуская: Кітайская мова
беларуская (тарашкевіца)‎: Кітайская мова
български: Китайски език
भोजपुरी: चीनी भाषा
বাংলা: চীনা ভাষা
བོད་ཡིག: རྒྱ་སྐད།
brezhoneg: Yezhoù sinaek
bosanski: Kineski jezik
буряад: Хитад хэлэн
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Háng-ngṳ̄
нохчийн: Цийн мотт
Cebuano: Inintsik
qırımtatarca: Çin tili
čeština: Čínština
словѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟ: Срѣдиньскъ ѩꙁꙑкъ
Чӑвашла: Китай чĕлхи
Cymraeg: Tsieineeg
dolnoserbski: Chinšćina
ދިވެހިބަސް: ސީނީ
Esperanto: Ĉina lingvaro
español: Idioma chino
eesti: Hiina keel
euskara: Txinera
estremeñu: Luenga china
Võro: Hiina kiil
føroyskt: Kinesiskt mál
Frysk: Sineesk
Gaeilge: An tSínis
贛語: 漢語
Gàidhlig: Sìonais
Avañe'ẽ: Chinañe'ẽ
ગુજરાતી: ચાઇનીઝ ભાષા
客家語/Hak-kâ-ngî: Hon-ngî
हिन्दी: चीनी भाषा
Fiji Hindi: Chinese bhasa
hrvatski: Kineski jezik
hornjoserbsce: Chinšćina
magyar: Kínai nyelv
հայերեն: Չինարեն
Bahasa Indonesia: Bahasa Tionghoa
íslenska: Kínverska
italiano: Lingua cinese
日本語: 中国語
la .lojban.: jugbau
Basa Jawa: Basa Cina
ქართული: ჩინური ენა
Qaraqalpaqsha: Qıtay tili
Адыгэбзэ: Хъутеибзэ
Kongo: Kisinwá
қазақша: Қытай тілі
ភាសាខ្មែរ: ភាសាចិន
ಕನ್ನಡ: ಚೀನಿ ಭಾಷೆ
한국어: 중국어
kernowek: Chinek
Кыргызча: Кытай тили
лезги: Китай чIал
Lingua Franca Nova: Xines
Limburgs: Chinees
lumbaart: Lengua cinesa
lingála: Lisinwa
lietuvių: Kinų kalba
मैथिली: चीनी भाषा
Malagasy: Fiteny sinoa
Baso Minangkabau: Bahaso Cino
македонски: Кинески јазик
മലയാളം: ചൈനീസ് ഭാഷ
монгол: Хятад хэл
मराठी: चिनी भाषा
Bahasa Melayu: Bahasa Cina
Mirandés: Lhéngua chinesa
မြန်မာဘာသာ: တရုတ်ဘာသာစကား
مازِرونی: چینی زوونون
Dorerin Naoero: Dorerit Tsiene
Plattdüütsch: Chineesche Spraak
नेपाल भाषा: चिनिया भाषा
Nederlands: Chinese talen
norsk nynorsk: Kinesisk
norsk: Kinesisk
Novial: Chinum
occitan: Chinés
ਪੰਜਾਬੀ: ਚੀਨੀ ਭਾਸ਼ਾ
Picard: Kinos
پنجابی: چینی
português: Língua chinesa
Runa Simi: Chun simi
română: Limba chineză
русиньскый: Кітайскый язык
संस्कृतम्: चीनी भाषा
саха тыла: Кытай тыла
sicilianu: Lingua cinisa
davvisámegiella: Kiinnágiella
srpskohrvatski / српскохрватски: Kineski jezik
Simple English: Chinese language
slovenčina: Čínština
slovenščina: Kitajščina
Gagana Samoa: Fa'asaina
српски / srpski: Кинески језик
Sesotho: Se-china
svenska: Kinesiska
Kiswahili: Kichina
ślůnski: Chińskŏ gŏdka
தமிழ்: சீன மொழி
తెలుగు: చైనీస్ భాష
тоҷикӣ: Забони чинӣ
Türkmençe: Hytaý dili
Tagalog: Wikang Tsino
Türkçe: Çince
татарча/tatarça: Кытай теле
Twi: Chinese
reo tahiti: Reo Tinitō
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: خەنزۇ تىلى
українська: Китайська мова
Tiếng Việt: Tiếng Trung Quốc
Volapük: Tsyinänapük
吴语: 漢語
хальмг: Китдин келн
მარგალური: ჩინური ნინა
ייִדיש: כינעזיש
Vahcuengh: Vahgun
中文: 汉语
文言: 漢語
Bân-lâm-gú: Hàn-gí
粵語: 唐文
isiZulu: IsiShayina