Vikipediya:Betaraf nuqtai nazar

Qisqa havola VP:BNN 

Betaraf nuqtai nazar qoidasi — Vikipediyaning eng muhim qoidalaridan biri; u mualliflardan sovuqqonlik ila maqola yozishni, manbalarga ishorat berishni va shaxsiy tadqiqotlardan foydalanmaslikni talab etadi va shu yoʻl bilan Vikipediyada faqat ishonchli maʼlumotlar boʻlishini taʼminlaydi. Qoida loyiha asosida yotadi va [1] (ingl.)

Nuqtai nazarning „betarafligi“ Vikipediyaning biror-bir nuqtai nazarga yon bosmasligini bildiradi. Maqoladagi barcha taʼkidlar haqiqat kabi emas, balki uchinchi shaxs nomidan keltirilishi kerak. Istisno sifatida faqat tan olingan ilmiy yoki oddiy faktlar („Yer Quyosh atrofida aylanadi“ yoki „Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi“) boʻlishi mumkin, shunda ham ular mutlaq, bir maʼnoli shaklda berilish kerak. Masalan, „Quyosh — katta jism“ yoki „Hitler eng razil jinoyatchi, deb hisoblanadi“ kabi taʼkidlar betaraf emas, chunki:

  1. Nimaga nisbatan „katta“ ekanligi aytilmagan.
  2. „Hisoblanadi“ (kim tomonidan?), „eng razil“ (razillikning oʻlchovi bormi?) va „jinoyatchi“ (qaysi qonunlarni buzgan?) soʻzlarining maʼnosi aniq emas. Taʼkid haqiqat kabi keltirilmoqda, lekin baʼzilar tomonidan yolgʻon, deb qabul qilinishi mumkin („yoʻq, Stalin Hitlerdan ham razil edi“ kabi).

Obyekt haqida bir necha farqli fikr va tasavvurlar mavjud boʻlsa, Vikipediya maqolalari eng kamida ular haqida eslatib oʻtishi lozim, agar ular toʻliq bayon etilsa — nur ustiga aʼlo nur. Bunda ulardan birortasini bevosita yoki bilvosita haqiqat, deb keltirish mumkin emas.

Other Languages
беларуская (тарашкевіца)‎: Вікіпэдыя:Нэўтральны пункт гледжаньня
hornjoserbsce: Wikipedija:NPOV
Lëtzebuergesch: Wikipedia:Neutralitéit
norsk nynorsk: Wikipedia:Objektivitet
srpskohrvatski / српскохрватски: Wikipedia:Neutralan stav