Tinch okeani

Pacific Ocean.png
Tinch okeani chuqurlik xaritasi

Tinch okeani Amerika va Osiyo qitʼalari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qoʻygan. Magellan bir necha kun davom etgan qiyin va kuchli toʻlqinli suvda, oʻz ismini bergan Magellan boʻgʻozidan kechib bu okean ochilganda, kuchli toʻlqinlar bitib va oʻzi tiniq suvlar bilan qarshilashgani uchun portugalchada "tinch" maʼnosini bildirgan "Pasifico" ismini qoʻygan. Tinch okeani sathi 179.7 million km2 dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng chuqur yeri Mariana chuquri boʻlib, u 11.034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi. Dunyodagi zilzilalarning 90%'i va katta zilzilalarning 80%'i Tinch okean maydonida sodir boʻlmoqdadir.

Bu okeanning 708.000.000 km3 suv hajmi bor. Okeanning 3.000 — 3.500 m dan chuqur boʻlgan har joyida suv darajasi 2 °C dan pastda. 19501980 yillari orasida Tinch okeanida juda katta va kuchli dengiz toʻlqinlari boʻlgani tufayli kemalar oʻta olmayotgan edi. Kemalar Tinch okeanining bir uchidan bir necha kilometr uzoqlashishi bilan toʻlqinlar boshlar edi. U toʻlqinlar hozirgi kunlarda ham koʻrilmoqdadir.

Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1oʻrinda. Tinch okeani gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari oʻrtasidagi yoʻlak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoklarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktidadagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Janubiy Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, janubida Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.

Tinch okeani orollarining koʻpligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km²) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta kismi Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va boshqa orollar vulkan otilishi natijasida kelib chik,qan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanining markaziy va janubi-gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi.

Relyefi va geologik tuzili sh i. Tinch okeani tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. Tinch okeani hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan Tinch okeani tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha boʻlgan shelf (uz. 800 km gacha) Bering, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharqdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shimoliy va Janubiy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. Tinch okeanining Alyaska yarim oroldan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. Tinch okeanining chegarasida yirik koʻtarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha boʻlgan Shim.Sharqiy, Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Janubiy Peru va h.k.) mavjud. Tinch okeanining yirik relyef strukturasi — Sharqiy Tinch okean koʻtarilmasi Dunyo okeani oʻrtaliq togʻ tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti togʻ sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: Layn, Gavayi, Shim.Gʻarbiy, MerkusNekker va boshqa Tinch okeanining sharqiy qismini va Sharqiy Tinch okean tizmasini juda koʻp yoriqlar zonasi kesib oʻtgan.

Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2–3 km, bu esa Tinch okeanini eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500–5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okeani gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganets gʻuddalari va boshqa uchraydi.

  • gidrologik rejimi

Gidrologik rejimi

Tinch okeanining katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻʼtadil iklim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shimolidan jan.ga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilmaxil. Tinch okeani ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shimoliy Tinch okean, Janubiy Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shimoli-sharqiy, janubida janubi-sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻʼtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanining shimoliy qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha temperaturasi ekvatorga yaqin joylarda fevralda 26—27°, avgustda 26—28°, Bering boʻgʻizida fevralda —20°, avgustda 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fevralda —10°, avgustda —25°. Tinch okeanida yogʻin miqdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000 mm, sharqida 2000– 3000 mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200–300 mm).

Tinch okeanining shimoliy qismida iliq Shimoliy Passat — Kurosio va Shimoliy Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shimolidagi moʻʼtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okeani ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim Tinch okeanini gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150–300 m.sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning janubida Janubiy Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi.

Suvning shoʻrligi shimoliy va janubiy subtropik kengliklarda 35,5%o boʻlib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shimoliy moʻʼtadil kengliklarda 30– 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021 kg/sm³ dan 1027 kg/sm³gacha) oshib boradi.

Tinch okeani suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada (Alyaska qoʻltigʻida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon o.lari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol taʼsirida kuchli toʻlqinlar, yer qimirlash taʼsirida sunami (50 m gacha) boʻladi.

Muzlar Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy (Bering, Oxota, Yapon, Sariq) dengizlarida va Alyaska qoʻltigʻi shimolida qamda Antarktida sohillari yaqinida hosil boʻladi. Muzlarning asosiy kismi va suzuvchi muzlar yuqori janubiy kengliklarda qishda 61—64° j.k., yozda 70° j.k.da koʻp boʻladi. Yoz oxirida aysberglar 46—48° j.k.da ham uchraydi.

Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Tinch okeanining flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻʼtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy moʻʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va boshqa, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik.

Tadqiq qilinish tarixi. Tinch okeanini oʻrganish tarixi 3 davr: qad. sayohatlardan 1804 yilgacha, 1804 yildan 1873 yilgacha va 1873 yildan keyingi davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Yer sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi oʻrganilgan. Tinch okeanining chegaralari, boshqa okeanlar bilan bogʻliqligi aniklangan. Bu davr Buyuk geografik kashfiyotlarni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi davrda Tinch okeani suvining fizik xossalari, chuqur joylari oʻrganildi. Bu davrda dunyo aylana sayohatlar boshlandi. Uchinchi davrda maxsus ekspeditsiyalar va sohildagi styalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi. Okeanologik va ilmiy muassasalar va xalqaro birlashmalar tashkil etildi. Xalqaro geofizika yili va xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida Tinch okeani tubining relyefi mukammal oʻrganildi, yangi barimetrik va dengiz navigatsiyasi xaritalari yaratildi. Tinch okeani davlatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalkaro ekspeditsiyalar tomonidan yanada chuqurroq oʻrganilmoqda.

Iqtisodiy geografik ocherk. Tinch okeanining jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni unga tutash mamlakatlarda yashaydigan aholi soni va ishlab chiqaradigan sanoat hamda qishloq xoʻjaligi. maxsulotlarining hajmi, okeanning boy va turlituman tabiiy resurslari va muhim transport yoʻllari bilan belgilanadi. Okeanlardan ovlanayotgan dengiz mahsulotlari va baliqning 60%ga yaqini Tinch okeaniga toʻgʻri keladi. Eng koʻp ovlanadigan baliqlar: losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabugʻasi, tunetslar, kambalasimonlar. Okeanning shimoli-gʻarbiy qismida losossimon baliqlarning asosiy dunyoviy zaxirasi toʻplangan. Umurtqasizlardan turli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar ovlanadi. Tinch okeani turli suvutlar, laminariya, zostera dengiz uti va boshqalarning 90%ni beradi. Jahon miqyosidagi akvakultura mahsulotining 3/4 qismi shu okeanga toʻgʻri keladi. Tinch okeani havzasida baliq ovlash boʻyicha bir necha xalqaro konvensiya tuzilgan. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan.

Rutil va sirkonning jahon boʻyicha eng yirik konlari Tinch okeanida Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qirgʻoqlari yaqinidagi qismida, ilmenitsirkonli qumlar Shimoliy Amerikaning Alyaskadan Kaliforniyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida, kassiteritning boy sochma konlari Jan.

Sharqiy Osiyoda, titanmagnetitli qumlar Yaponiyaning qirgʻoq boʻyi qismida joylashgan. Alyaskaning sohilboʻyidengiz qismi oltin va platinaga boy. Tinch okeanining chuq. 3000 m dan ziyod boʻlgan qismida, asosan, 6° va 20° shu kabi va taxminan 180 va 120° gʻ.u. oraligidagi maydoni 6 mln. km² ga teng zonada temirmarganets konkretsiyalarning yirik konlari bor. Okeanda 120 dan ortiq neft va neftgaz konlari razvedka qilinib, 70% ishga tushirilgan. Asosiy neftgaz rni — Kaliforniyaning janubiy shelf qismi, Kuk, Guayakil qoʻltiklari, Yaponiyaning garbiy shelf qismi, Boxayvan qoʻltigʻi, Base boʻgʻozi, Malay arxipelagi, Yangi Zelandiya, Bruney, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Peruda. Yaponiya qirgʻoqlari yaqinida okeandan toshkoʻmir olinadi.

Tinch okeani okeanda tashiladigan yuklar hajmi va ularning oʻsish surʼati boʻyicha 2oʻrinda. Okeanda eng koʻp neft, yogʻoch materiallar, metall rudasi, oziq-ovqat mahsulotlari tashiladi. Eng muhim transport yoʻllari AQSH va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bogʻlaydi. Suv yoʻli orqali Yaponiyaga toshkoʻmir, oʻrmon mahsulotlari, bugʻdoy, ruda va boshqa yuklar olib boriladi, orqaga avtomobil, elektr apparaturalari, matolar, baliq tashiladi. AmerikaAvstraliya yoʻnalishida ham katta hajmda yuk ortilgan kemalar qatnaydi. Janubiy Amerika mamlakatlarini AQSH va Kanadaning Tinch okeani va Atlantika okeani (Panama kanali orqali) portlari bilan bogʻlovchi yoʻnalish boʻyicha qora va rangli metall rudalar, selitra va boshqa xom ashyo, kon sanoati uchun mashinalar, dastgoxlar tashiladi. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Vonsan (KXDR), Tyantszin, Shanxay, Guanchjou (Xitoy), Yokoxama, Kavasaki, Tiba, Kobe, Osaka, Tokio (Yaponiya), Xayfon, Xoshimin (Vyetnam), Syangan (Syangan), Singapur (Singapur), Sidney, Melburn (Avstraliya), Uellington (Yangi Zelandiya), Vankuver (Kanada), LosAnjeles, SanFransiskoOklend, Sietl, Portlend (AQSH), Kalyao (Peru), Uasko (Chili).


Okeanlar
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind Okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani




Other Languages
Аҧсшәа: Аокеан ҭынч
адыгабзэ: Хышхо Шъэф
Afrikaans: Stille Oseaan
Alemannisch: Pazifischer Ozean
aragonés: Ocián Pacifico
azərbaycanca: Sakit okean
башҡортса: Тымыҡ океан
Boarisch: Pazifik
žemaitėška: Ramosis ondėnīns
Bikol Central: Kadagatan Pacifico
беларуская: Ціхі акіян
беларуская (тарашкевіца)‎: Ціхі акіян
български: Тихи океан
Bislama: Pasifik
brezhoneg: Meurvor Habask
bosanski: Tihi okean
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Tái-bìng-iòng
нохчийн: Тийна океан
qırımtatarca: Tınç okean
čeština: Tichý oceán
Чӑвашла: Лăпкă океан
dolnoserbski: Śichy ocean
English: Pacific Ocean
Esperanto: Pacifiko
euskara: Ozeano Barea
estremeñu: Océanu Pacíficu
suomi: Tyynimeri
Na Vosa Vakaviti: Pasifik
føroyskt: Kyrrahavið
français: Océan Pacifique
Nordfriisk: Grut Oseåån
贛語: 太平洋
Gàidhlig: Cuan Sèimh
客家語/Hak-kâ-ngî: Thai-phìn-yòng
Fiji Hindi: Pacific Ocean
hrvatski: Tihi ocean
hornjoserbsce: Ćichi ocean
Kreyòl ayisyen: Oseyan Pasifik
interlingua: Oceano Pacific
Bahasa Indonesia: Samudra Pasifik
Interlingue: Pacific Ocean
Ilokano: Taaw Pasipiko
ГӀалгӀай: Тийна океан
íslenska: Kyrrahaf
italiano: Oceano Pacifico
日本語: 太平洋
Basa Jawa: Samudra Pasifik
Qaraqalpaqsha: Tınısh okeanı
Taqbaylit: Agaraw Amelwi
Адыгэбзэ: Щэху Хышхуэ
қазақша: Тынық мұхит
한국어: 태평양
Перем Коми: Лӧнь океан
къарачай-малкъар: Шош океан
Ripoarisch: Stelle Ozean
kernowek: Mor Cosel
Кыргызча: Тынч океан
Lëtzebuergesch: Pazifik
лезги: Лас океан
Lingua Franca Nova: Mar Pasifica
Limburgs: Sjtille Oceaan
lumbaart: Ucean Pacifich
lingála: Pasifíki
latviešu: Klusais okeāns
Basa Banyumasan: Samudra Pasifik
олык марий: Тыныс тептеҥыз
Baso Minangkabau: Lautan Pasifik
македонски: Тихи Океан
кырык мары: Шӹпӓн океан
Bahasa Melayu: Lautan Pasifik
မြန်မာဘာသာ: ပစိဖိတ် သမုဒ္ဒရာ
مازِرونی: آروم اوقیانوس
Napulitano: Oceano Pacifeco
Plattdüütsch: Pazifische Ozean
Nederlands: Grote Oceaan
norsk nynorsk: Stillehavet
Sesotho sa Leboa: Pacific Ocean
occitan: Ocean Pacific
Livvinkarjala: Tyynimeri
Pangasinan: Dayat Pacifico
Papiamentu: Oceano Pasifiko
Norfuk / Pitkern: Pesifik Oshen
Piemontèis: Océan Passìfich
پنجابی: بحرالکاہل
português: Oceano Pacífico
rumantsch: Ocean Pacific
română: Oceanul Pacific
tarandíne: Oceane Pacifeche
русский: Тихий океан
русиньскый: Тихый океан
саха тыла: Чуумпу океан
davvisámegiella: Jaskesáhpi
srpskohrvatski / српскохрватски: Tihi ocean
Simple English: Pacific Ocean
slovenčina: Tichý oceán
slovenščina: Tihi ocean
Gagana Samoa: Vasa Pasefika
српски / srpski: Тихи океан
Seeltersk: Pazifisken Ozean
Basa Sunda: Samudra Pasifik
svenska: Stilla havet
Kiswahili: Pasifiki
ślůnski: Pokojny Uocean
Türkmençe: Ýuwaş okean
Tok Pisin: Solwara Pasifik
Türkçe: Büyük Okyanus
татарча/tatarça: Тын океан
reo tahiti: Moana Pātitifā
тыва дыл: Оожум океан
удмурт: Чус океан
українська: Тихий океан
vepsän kel’: Tün' valdmeri
Tiếng Việt: Thái Bình Dương
West-Vlams: Stillen Oceoan
吴语: 太平洋
მარგალური: რჩქალი ოკიანე
Vahcuengh: Daibingzyangz
中文: 太平洋
文言: 太平洋
Bân-lâm-gú: Thài-pêng-iûⁿ
粵語: 太平洋