Temperatura

Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining T.si bir xil boʻladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqgdan soʻng tizimning hamma qismlarida T.ning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.

Tizim tarkibidagi jismlarni isitish yoki sovitish, yaʼni trasini oʻzgartirish ularning qariyb barcha fizik xossalariga taʼsir qiladi: jismlarning chizikli oʻlchamlari, elastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi va boshqa xossalari oʻzgaradi. T.ni oʻlchash uchun bu oʻzgarishlarning istalgan biridan foydalanish mumkin. T. bevosita oʻlchanmaydigan kattalik. U boshka kattaliklarni oʻlchash orqali anikdanadi. Mas., tizimning T.sini isitish yoki sovitish natijasida gaz hajmi yoki bosimining oʻzgarishi (suyuqlik, jumladan, simobli termometrlar) oʻtkazgichlarning elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) lari oʻzgarishi (termoparalar) va boshqa orqali aniqlash mumkin.

Statistik fizikatsa T. termodinamik muvozanat holatdagi tizimni tashkil etgan zarralarning oʻrtacha kinetik energiyalarini tavsiflovchi kattalikdir. Astrofizikada T. — muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Osmon jismlarining T.sini baʼzi nazariy farazlarga asoslangan holda ularning nurlanishini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi. T.ning quyidagi xillari mavjud: yulduz (yoki boshqa obʼyektning , mas., Quyosh toji) ning effektiv T.si — yulduz oʻlchamiga teng va yulduz tarqatayotgan toʻliq nurlanishni chaqara oladigan mutlak qora jism Temperatura Ravshanlik T.si — berilgan yoʻnalishda kuzatilayotgan muayyan toʻlqin uzunlikdagi nurlanish intensivligiga teng nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism Temperatura Spektrofotometrik T. — kuzatilayotgan spektral sohadagi nurlanish intensivligining nisbiy taqsimlanishiga yaqin nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism Temperatura Spektrometrik T. spektrning turli sohalarida turlicha boʻlishi mumkin. Gʻalayonlash T.si — atomlarning gʻalayonlash holatlari boʻyicha taqsimlanishini ifodalovchi parametr. Ionlanganlik T.si — spektral chiziqlarning nisbiy intensivligi boʻyicha aniqlanuvchi va moddaning ionlanganlik darajasini belgilovchi parametr.





Other Languages