Sterilizatsiya (mikrobiologiya)

Issiqlik usulida sterilizatsiya

Sterilizatsiya — turli moddalar, xirurgiya asboblari, bogʻlov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni mikroorganizmlardan butunlay tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usullaridan. Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan sterilizatsiya qilish kiradi. Kimyoviy sterilizatsiya sovuq sterilizatsiya deb ham yuritiladi, bunda sunʼiy materiallar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni oʻddirish taʼsiriga ega boʻlgan kimyoviy moddalar yordamida sterilizatsiya qilinadi.

Other Languages
azərbaycanca: Sterilizasiya
bosanski: Sterilizacija
Deutsch: Sterilisation
emiliàn e rumagnòl: Steriliśasiòun (pulisìa)
Esperanto: Sterilizo
euskara: Esterilizazio
Gaeilge: Steiriliú
hrvatski: Sterilizacija
Bahasa Indonesia: Sterilisasi (mikrobiologi)
日本語: 殺菌
한국어: 살균
Кыргызча: Стерилдөө
Runa Simi: Unquchiq qulluy
srpskohrvatski / српскохрватски: Sterilizacija (mikrobiologija)
Türkçe: Sterilizasyon
Tiếng Việt: Khử trùng
中文: 殺菌
Bân-lâm-gú: Sat-khún