Leksikologiya

Leksikologiya (leksika va ...logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. L. tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, suz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasni-fiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.

Adabiyotlar

  • Tursunov U. va boshqa, Hozirgi oʻzbek adabiy tili, T., 1965;
  • Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-j., T., 1966;
  • Mirzayev M.va boshqa, Oʻzbek tili, T., 1970.[1]
  • Lafasov va boshqa, Jahon tarixi, T., 1985
Other Languages
العربية: علم المعاجم
asturianu: Lexicoloxía
башҡортса: Лексикология
беларуская: Лексікалогія
беларуская (тарашкевіца)‎: Лексыкалёгія
български: Лексикология
bosanski: Leksikologija
català: Lexicologia
کوردی: وشەناسی
čeština: Lexikologie
Чӑвашла: Лексикологи
Deutsch: Lexikologie
English: Lexicology
Esperanto: Leksikologio
español: Lexicología
euskara: Lexikologia
français: Lexicologie
galego: Lexicoloxía
हिन्दी: कोशविज्ञान
hrvatski: Leksikologija
magyar: Lexikológia
Bahasa Indonesia: Leksikologi
italiano: Lessicologia
日本語: 語彙論
қазақша: Лексикология
한국어: 어휘론
lietuvių: Leksikologija
latviešu: Leksikoloģija
македонски: Лексикологија
Nederlands: Lexicologie
occitan: Lexicologia
polski: Leksykologia
português: Lexicologia
română: Lexicologie
русский: Лексикология
Scots: Lexicology
srpskohrvatski / српскохрватски: Leksikologija
slovenčina: Lexikológia
slovenščina: Slovaroslovje
српски / srpski: Лексикологија
svenska: Lexikologi
татарча/tatarça: Лексикология
українська: Лексикологія
中文: 词汇学