Klavesin

Klavesin, chembalo [frans. clavecin, ital. cembalo, lot. clavicymbalum — klavishli simbala (changeimon musiqa cholgʻusi) soʻzidan]— klavishli torli-tirnama musiqa cholgʻusi. 16-asrdan maʼlum. Hozirgi fortepiano (royal)ning oʻtmishdoshi. Klavishlar bosilishi natijasida torlari pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamida tirnaladi, natijada jarangdor, ammo kuchsiz, dinamikasp deyarli oʻzgarmaydigan tovush hosil qilinadi. 17—18-asrlar davomida K.ning shakl qiyofasi hamda klaviaturalar soni oʻzgargan, pay torlari sim torlar bilan almashtirilgan, diapazoni 5 oktavagacha kengaygan, vyordjinel, spinet, klavitsiterium kabi turlari vujudga kelgan. Bunday K.lar uchun I. S. Bax, U. Byord, G. Gendel, D. Skarlatti, F. Koʻperen, J. Ramo kabi kompo-zitorlar yuksak badiiy asarlar yaratishgan, Angliya, Fransiya, Italiya K. maktablari yuzaga kelgan. 18-asr oxiridan K. oʻrnini fortepiano egalladi. Lekin 20-asr boshidan K. hamda aynan uning uchun muljallangan musiqaga yana qiziqish tugʻilib, u baʼzi cholgʻu ansambl hamda orkestrlar (mas, "Turkiston" kamer orkestri) tarkibiga kiritildi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Alemannisch: Cembalo
العربية: هاربسكورد
asturianu: Clavecín
беларуская: Клавесін
беларуская (тарашкевіца)‎: Клявэсын
български: Клавесин
brezhoneg: Klav-kerdin
bosanski: Čembalo
català: Clavicèmbal
čeština: Cembalo
Чӑвашла: Клавесин
dansk: Cembalo
Deutsch: Cembalo
Ελληνικά: Τσέμπαλο
English: Harpsichord
Esperanto: Klaviceno
español: Clavecín
eesti: Klavessiin
euskara: Klabizenbalo
suomi: Cembalo
français: Clavecin
furlan: Clavicembal
Gaeilge: Cruitchorda
Gàidhlig: Cruit-chòrda
עברית: צ'מבלו
hrvatski: Čembalo
magyar: Csembaló
հայերեն: Կլավեսին
íslenska: Semball
italiano: Clavicembalo
日本語: チェンバロ
ქართული: კლავესინი
қазақша: Клавесин
한국어: 하프시코드
Кыргызча: Клавесин
Lëtzebuergesch: Cembalo
lietuvių: Klavesinas
latviešu: Klavesīns
македонски: Чембало
Nedersaksies: Klavecimbel
Nederlands: Klavecimbel
norsk nynorsk: Cembalo
norsk: Cembalo
occitan: Clavecin
polski: Klawesyn
română: Clavecin
русский: Клавесин
sicilianu: Clavicìmmalu
srpskohrvatski / српскохрватски: Čembalo
Simple English: Harpsichord
slovenčina: Čembalo
slovenščina: Čembalo
српски / srpski: Чембало
Seeltersk: Cembalo
svenska: Cembalo
Türkçe: Klavsen
українська: Клавесин
Tiếng Việt: Harpsichord
中文: 大鍵琴
Bân-lâm-gú: Cembalo
粵語: 古鍵琴