Fridrix vilgelm

Fridrix vilgelm (Friedrich Wilhelm) (162088) - Brandenburg kurfyursti (1640 yildan), Gogensollernlar sulolasidan boʻlgan "Buyuk kurfyurst". Uning davrida Brandenburg Prussiya gersogligini (ungacha — Polsha leni boʻlgan) va boshqa yerlarni uzilkesil qoʻshib olgan. Prus absolyutizmiga asos solgan.

Fridrix Vilgelm I (1688—1740) — Prussiya qiroli (1713 yildan); Gogensollernlar sulolasidan. "Taxtdagi feldfebel" laqabini olgan. Fridrix Vilgelm II (1744—97) — Prussiya qiroli (1786 yildan); Gogensollernlar sulolasidan. 1792 yil inqilobiy Fransiyaga qarshi Avstriya bilan ittifoq tuzgan.

Fridrix Vilgelm III (1770—1840) — Prussiya qiroli (1779 yildan); Gogensollernlar sulolasidan. 1807 yildagi Tilzit sulhiga koʻra, Napoleon I ga Prussiya hududining yarmini bergan.

Fridrix Vilgelm IV (1795—1861) — Prussiya qiroli (1840 yildan); Gogensollernlar sulolasidan. Ruxiy kasalligi tufayli 1857 yildan davlat ishlaridan chetlashgan.




Other Languages