Fotografiya

Fotokamera.

Fotografiya yorugʻlikni fototasma yoki elektron sensor kabi yorugʻlikka sezgir materiallarga tushirish orqali surat olish jarayonidir. Jismlardan qaytgan yoki chiqarilgan yorugʻlik fotokamera deb ataluvchi qurilma linzalari orqali fokuslanib, fotosezgir materialdagi kumush qatlamning turli nuqtalarini turlicha yemirib, surat hosil qiladi.

Fotografiya (foto... va ...grafin) — maxsus optik asbob fotoapparat yordamida yoruglik sezgir fotografik materiallar (maxsus modda qoplangan qogʻoz, shisha, plyonka)da obʼyektning oqqora yoki rangli tasvirini hosil qilish usuli; shunday usulda olingan surat. Fan, texnika va sanoatning muhim sohasi. Yorugʻlikning fotoapparatga joylangan fotomaterial (mas, fotoplyonka)ning yorugʻlik sezgir qatlamida yashirin fotografik tasvir hosil qilish xossasiga asoslangan. Kimyoviy fotografik ishlov berilgani (kimyoviy modda — ochiltirgich taʼsir ettirib ochiltirilgani)dan soʻng koʻrinadigan tasvir (oddin negativ, keyin pozitiv) hosil boʻladi. Bu tasvir fotonusxa (fotosurat) deb ataladi. Ochiltirgich tarkibiga metol, gidroxinon, paraminofenol, amidol, glitsin, dietilparafenildiamin (rangli tasvirlar uchun) va boshqa kimyoviy moddalar kiradi. Ochiltirilgan tasvirga mustahkamlagich modda (fiksaj) taʼsir ettirib, fotosurat mustahkamlanadi. Mustahkamlagich sifatida natriy tiasulfat (giposulfit) asosidagi eritmalar (odatda, suvdagi 25% li eritmasi) qoʻllanadi. Baʼzi fotografik jarayonlarda "kaytar" fotomateriallardan foydalaniladi. Maxsus kimyoviy ishlov berilganidan soʻng ularda bevosita pozitiv hosil boʻladi.

Bir pogonali diffuzion fotografik jarayon, yaʼni fotoapparatning oʻzida bir vaqtda negativ va pozitiv tasvirni juda tez hosil qilish usuli ham yaratilgan. F. oqqora (monoxrom) va rangli, statik va dinamik (kinematografiya), yassi (oddiy) va hajmiy (stereoskopik) turlarga boʻlinadi. Yoruglik sezgir materiallardan foydalanib hajmiy (fazoviy) tasvirlar olishning alohida usuli golografiya deb ataladi. U 15-asrda obʼyektlar tasvirini proyeksiyalab, soʻngra qogʻozga rasmini chizishdan boshlangan. Bu usulni Leonardo da Vinchi qoʻllagan. Lekin F. yorugʻlik sezgir moddalar maʼlum boʻla boshlagach paydo boʻlgan. 18-asrda dastlabki yorugʻlik sezgir modda sifatida kumush tuzi topilgan va tadqiq qilingan. Buyuk Britaniyada 1802 yilda T. Uejvud AgNO3 qatlamida tasvir olishga erishdi, lekin uni mustahkamlash usulini bila olmadi. F. ixtiro qilingan vaqt 1839 yil deb hisoblanadi, chunki shu yili fransuz rassomi L.J.M.Dager (fransuz olimi J.N.Nyeps bilan hamkorlikda) Parij akademiyasiga F. usuli haqida axborot beradi. Bunda yorugʻlik sezgir qatlam sifatida kumush ioditdan foydalanilgan. Keyinroq obʼyektiv ixtiro kilindi (muallifi vengriyalik optik I.Petsval, 1840), ingliz ixtirochisi F. SkottArcher 1857 yilda hoʻl yorugʻlik sezgir material (kolloidli emulsiya) ga asoslangan fotojarayonni ishlab chiqdi, 1871 yilda uning vatandoshi R.Meddoks quruq yorugʻlik sezgir materialdan foydalanishni taklif etdi. 20-asrda F. asosiy axborot va hujjatlashtirish vositasi boʻlib qoldi.

Optik sensibilyatsiya hodisasi kashf qilinganidan, plyonkali fotomateriallar, kumush birikmalari boʻlmagan fotomateriallar, yangi modeldagi fotoapparatlar yaratilganidan soʻng F.ni qoʻllanish sohalari ancha kengaydi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan fotoapparatlar mavjud. F. astronomiya sohasidagi tadqiqotlarda (qarang Astrofotografiya); astrofizikada (qarang Astrofotometriya), biologiya, kimyo, kinematografiya, televideniye, kosmonavtika, tibbiyot, fizika, matbaa, matnli va grafikli asl nusxalardan fotografik usulda nusxalar koʻpaytirishda, kundalik turmushda keng qoʻllanadi.

  • etimologiyasi

Etimologiyasi

Fotografiya atamasi yunoncha φως — fos („yorugʻlik“) hamda γραφίς — grafis („chizuv“) soʻzlaridan kelib chiqqan. Fotografiya mahsuloti fotosurat yoki foto deyiladi.




Other Languages
Afrikaans: Fotografie
Alemannisch: Fotografie
aragonés: Fotografía
asturianu: Fotografía
azərbaycanca: Fotoqrafiya
башҡортса: Фотография
Boarisch: Photographie
žemaitėška: Puortėgrapėjė
беларуская: Фатаграфія
беларуская (тарашкевіца)‎: Фатаграфія
български: Фотография
bamanankan: Kɔtɛba
bosanski: Fotografija
català: Fotografia
کوردی: وێنەگری
corsu: Fotografia
čeština: Fotografie
kaszëbsczi: Fòtografijô
Чӑвашла: Фотографи
dansk: Fotografi
Deutsch: Fotografie
Ελληνικά: Φωτογραφία
English: Photography
Esperanto: Fotarto
español: Fotografía
euskara: Argazkigintza
estremeñu: Fotografia
فارسی: عکاسی
suomi: Valokuvaus
Võro: Fotokunst
français: Photographie
furlan: Fotografie
Frysk: Fotografy
贛語: 拍相
galego: Fotografía
עברית: צילום
हिन्दी: छायाचित्र
Fiji Hindi: Photography
hrvatski: Fotografija
Kreyòl ayisyen: Fotografi
interlingua: Photographia
Bahasa Indonesia: Fotografi
Ilokano: Potograpia
íslenska: Ljósmyndun
italiano: Fotografia
日本語: 写真
Patois: Fotografi
Basa Jawa: Fotografi
ქართული: ფოტოგრაფია
қазақша: Фотография
ភាសាខ្មែរ: អ្នកថតរូប
한국어: 사진술
कॉशुर / کٲشُر: فَنہِ فوٹوٗ
kurdî: Wêne
Кыргызча: Фотография
Latina: Photographia
Lëtzebuergesch: Fotografie
Lingua Franca Nova: Fotografia
Limburgs: Fotografie
lumbaart: Fotografia
lietuvių: Fotografija
latviešu: Fotogrāfija
македонски: Фотографија
മലയാളം: ഛായാഗ്രഹണം
монгол: Гэрэл зураг
Bahasa Melayu: Fotografi
Napulitano: Fotografia
Nedersaksies: Fotografie
नेपाली: फोटोग्राफी
Nederlands: Fotografie
norsk nynorsk: Fotografi
norsk: Fotografi
Nouormand: Photographie
occitan: Fotografia
Picard: Fotografie
Deitsch: Pikder
polski: Fotografia
پنجابی: فوٹوگرافی
português: Fotografia
română: Fotografie
armãneashti: Futugrâfii
русский: Фотография
русиньскый: Фотоґрафія
sardu: Fotografia
sicilianu: Fotugrafìa
srpskohrvatski / српскохрватски: Fotografija
Simple English: Photography
slovenčina: Fotografovanie
slovenščina: Fotografija
shqip: Fotografia
српски / srpski: Фотографија
Seeltersk: Photographie
Basa Sunda: Fotografi
svenska: Fotografi
Kiswahili: Upigaji picha
తెలుగు: ఫోటోగ్రఫీ
Tagalog: Potograpiya
українська: Фотографія
اردو: عکاسی
vèneto: Fotografia
Tiếng Việt: Nhiếp ảnh
West-Vlams: Fotografie
Winaray: Pagritrato
Wolof: Nataal
吴语: 摄影
ייִדיש: פאטאגראפיע
Yorùbá: Fọ́tòyíyà
中文: 摄影
Bân-lâm-gú: Hip-siòng
粵語: 影相