Dublyaj

Dublyaj (frans. doublage), kinofilmlar dublyaji — filmni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib yaratilgan yangi fonogramma. Dialoglar tarjimasi mazmun jihatdan toʻgʻri, film qahramonlarining soʻzlashuviga — ogʻiz harakatiga mos boʻlishi shart. Tarjimon yoki yangi matn muallifi, muharrir, rej., aktyor, ovoz operatori, montajchi, matn joylashtiruvchidan iborat ijodiy guruh amalga oshiradi. Avval tarjimon D. qilinadigan filmni sinchiklab koʻrib, undagi monolog va dialoglar kaysi va-ziyatda, qanday holatda talaffuz qilinishini, aniq bilib olishi lozim. Tarjimadan soʻng muharrir har bir soʻzni aktyor talaffuziga solishtirib tahrir qiladi. Dialog paytida lab harakati aytilayotgan soʻzga muvofiq boʻlishi lozim. Rej. film qahramonlari ovoziga moslab aktyor tanlaydi. Nihoyat aktyor ovoziga turli shovqinlar (avtomobil, samolyot, shamol, dengiz toʻlqini, hayvonlar ovozi va b.) qoʻshib yoziladi. Musiqa va tabiiy tovushlar, odatda, filmning aslidan olinadi, baʼzan yangi variant ham tayyorlanadi. Oʻzbekchiligimizga to'g'ri kelmaydigan joylar kesib tashlanadi (bu holatlar 2005-yildan to hozirgacha kuzatilmoqda). "Oʻzbekfilm"da har yili 70—80 film D. qilinadi. R. Ahmedova, O. Yunusov, T. Tojiyev, O. Bakirova, D. Ismoilova, M. Rahimova, Yo. Ahmedov, A. Rafiqov va b. D. sanʼ-atiga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.Hozirgi kunda O'zbek dublyaji yana bir qadam yuqori natijalarga siljish arafasida, bunga misol qilib 2017 yilda o'zbek tiliga o'girila boshlagan "Sevgi Iztirobi" Turk serialini misol qilib olsak bo'ladi. Youtube.com/DublyajUZ manzili O'zbek dublyaji qay tarzda rivojlanayotganligining yaqqol namunasidir!

Mohina Ashirova.

  • adabiyot

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Other Languages
العربية: دبلجة
asturianu: Doblaxe
български: Дублаж
català: Doblatge
čeština: Dabing
Ελληνικά: Μεταγλώττιση
Esperanto: Dublado
español: Doblaje
euskara: Bikoizketa
فارسی: دوبله
français: Doublage
Gaeilge: Dubáil
galego: Dobraxe
עברית: דיבוב
हिन्दी: डबिंग
Bahasa Indonesia: Penyulihan suara
italiano: Doppiaggio
日本語: 吹き替え
қазақша: Дубляж
한국어: 더빙 (영상)
Bahasa Melayu: Alih suara
Nederlands: Nasynchronisatie
norsk: Dubbing
polski: Dubbing
português: Dublagem
română: Dublaj
русский: Дублирование
slovenčina: Dabing
slovenščina: Sinhronizacija filmov
Türkçe: Seslendirme
українська: Дубляж
اردو: ٹكور
Tiếng Việt: Lồng tiếng
中文: 配音
Bân-lâm-gú: Phòe-im
粵語: 配音