Birlashgan millatlar tashkiloti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945 yilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 yilda esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini taʼminlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

2000 yil 6—8 sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida "Ming yillik sammiti" bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015 yilgacha ’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992 yil 2 martda BMTga aʼzo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo bo‘ldi.

O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993 yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995 yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining "Ming yillik sammiti" (2000 yil sentabr) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda[1].

Other Languages
Afrikaans: Verenigde Nasies
Alemannisch: Vereinte Nationen
অসমীয়া: ৰাষ্ট্ৰসংঘ
Boarisch: UNO
Bikol Central: Nagkakasararong Nasyon
беларуская (тарашкевіца)‎: Арганізацыя Аб’яднаных Нацыяў
বাংলা: জাতিসংঘ
বিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরী: জাতিসংঘ
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Lièng-hăk-guók
dolnoserbski: Zjadnośone narody
estremeñu: Nacionis Unías
Nordfriisk: Feriand Natjuunen
贛語: 聯合國
Avañe'ẽ: Tetãnguéra Joaju
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: संयुक्त राश्ट्रसंघटना
客家語/Hak-kâ-ngî: Lièn-ha̍p-koet
Fiji Hindi: United Nations
hornjoserbsce: Zjednoćene narody
Kreyòl ayisyen: ONI
Bahasa Indonesia: Perserikatan Bangsa-Bangsa
日本語: 国際連合
la .lojban.: gunma natmi
Kabɩyɛ: ONU ŋgbɛyɛ
kalaallisut: FN
한국어: 유엔
kernowek: Kenedhlow Unys
Lëtzebuergesch: Vereent Natiounen
Lingua Franca Nova: Nasiones Unida
македонски: Обединети нации
မြန်မာဘာသာ: ကုလသမဂ္ဂ
Plattdüütsch: Vereente Natschonen
Nederlands: Verenigde Naties
norsk nynorsk: Dei sameinte nasjonane
Papiamentu: Nashonan Uni
پنجابی: اقوام متحدہ
armãneashti: Natsiile Unite
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱡᱟᱹᱛᱤ ᱜᱟᱫᱮᱞ
sardu: ONU
sicilianu: Nazzioni Uniti
davvisámegiella: Ovttastuvvan našuvnnat
srpskohrvatski / српскохрватски: Ujedinjene nacije
Simple English: United Nations
Gagana Samoa: Malo Aufaatasi
Soomaaliga: Qaramada Midoobay
Seeltersk: Fereende Natione
Kiswahili: Umoja wa Mataifa
vèneto: ONU
Tiếng Việt: Liên Hiệp Quốc
吴语: 联合国
Vahcuengh: Lenzhozgoz
中文: 联合国
文言: 聯合國
Bân-lâm-gú: Liân-ha̍p-kok
粵語: 聯合國