Biogeografiya

Biogeografiya (bio... va geografiya) — tirik organizmlar (oʻsimlik, hayvonlar, zamburugʻlar, mikroorganizmlar) jamoasi va ular komponentlari (tur, urug , oila va boshqalar)ning Yer yuzida tarkalishi qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. B. biosfera haqidagi fanlardan boʻlib, unga zoogeografiya va botanik geografiya kiradi. B.ning asosiy boʻlimlari 18-asr oxiri va 19-asrning 1-yarmida Ekvatorial Afrika, Jan. Amerika va Osiyoning flora hamda faunasini tadqiq qilgan koʻpdankoʻp ekspeditsiyalar, shuningdek oʻsha davrning naturalistlari, ayniqsa A. Gumboldt, A. Uolles va F. Skleter ishlari tufayli shakllana boshlagan. F. Skleter birinchilar katorida quruqlik yuzasini rayonlashtiradi.

Zamonaviy B. organizmlar va biotsenozlar geogr.si muammolarini ishlab chiqadi. Mac, arealogik B. har xil turlar tarqalgan hududlarni aniqlaydi, ularning areal chegarasida tarqalishini oʻrganadi, ana shular asosida maʼlumot va kadastr haritalarini tuzadi. Regional B. floristik va faunistik rayonlashtirish bilan shugʻullanadi. Hayvonlar va oʻsimliklar areallarini solishtirish hamda biotalarni ajratish va asosiy biomlarning taqsimlanishini tavsiflash asosida kompleks biogeografik rayonlashtirish sxemalari yaratiladi. Ekologik B. geografik oblastlardagi jamoalar biomassasi, biologik mahsuldorligi va ular hayotida organizmlarning ahamiyatini oʻrganadi. Tarixiy B. Yerning oʻtmishini jamoalar va ularni tashkil etuvchi organizmlarning tarkalishiga taʼsirini tekshiradi.

B. oʻsimlik qoplami va hayvonot dunyosi resurslarini muhofaza qilish hamda samarali foydalanish, madaniy fitotsenozlar yaratish, hayvonlar va oʻsimliklarni iqlimlashtirish ishlarini amalga oshirish, kasallik tugʻdiruvchilar va ularni tashuvchilarga karshi kurashning nazariy asosi hisoblanadi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
azərbaycanca: Biocoğrafiya
беларуская: Біягеаграфія
беларуская (тарашкевіца)‎: Біягеаграфія
български: Биогеография
भोजपुरी: जीवभूगोल
বাংলা: জীবভূগোল
bosanski: Biogeografija
català: Biogeografia
čeština: Biogeografie
Чӑвашла: Биогеографи
Deutsch: Biogeographie
Ελληνικά: Βιογεωγραφία
English: Biogeography
Esperanto: Biogeografio
español: Biogeografía
euskara: Biogeografia
français: Biogéographie
हिन्दी: जैव भूगोल
hrvatski: Biogeografija
Bahasa Indonesia: Biogeografi
íslenska: Líflandafræði
italiano: Biogeografia
日本語: 生物地理学
қазақша: Биогеография
한국어: 생물지리학
Кыргызча: Биогеография
Limburgs: Biogeografie
lietuvių: Biogeografija
latviešu: Bioģeogrāfija
македонски: Биогеографија
Bahasa Melayu: Biogeografi
Plattdüütsch: Biogeografie
Nederlands: Biogeografie
norsk nynorsk: Biogeografi
occitan: Biogeografia
polski: Biogeografia
português: Biogeografia
română: Biogeografie
русский: Биогеография
srpskohrvatski / српскохрватски: Biogeografija
Simple English: Biogeography
slovenčina: Biogeografia
slovenščina: Biogeografija
српски / srpski: Биогеографија
svenska: Biogeografi
Türkçe: Biyocoğrafya
українська: Біогеографія
Tiếng Việt: Địa lý sinh học