Antarktika (qutb)

Antarktika – Yer sharining Janubiy kutb oblasti. A.ga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuning-dek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi. A. tabiiy-geografik chegarasi taxminan 50 – 60° j.k.dan o‘tadi. A. maydoni 52,5 mln. km². A.da materik sayozligi boshqa materiklarga nisbatan chuqurroq (500 m), tik materik yon bag‘ri chuq. 4000 – 5000 m li (eng chuquri 8428 m, Janubiy Sandvich novida) keng botikdar shaklida davom etadi. Botiqlar suv osti tog‘ tizimlari bilan bulingan. Bu tizmalarning ba’zi cho‘qqilari okean yuzasidan ko‘tarilib, kichikroq orollarni hosil qilgan (Buve, Kroze, Kergelen, Xerd, Makuori; Janubiy Georgiya, Janubiy Sandvich, Janubiy Orkni o. guruhi).A. antarktika va subantarktika mintaqasida joylashgan. A. iqlimi uning yuqori kengliklarda joylashgan-ligi, shuningdek okean ustidagi antitsi-klonlarning o‘zaro munosabati bilan bel-gilanadi. Siklonlarning shimoliy qismida g‘arbiy shamollar, janubida esa sharqiy sha-mollar kuchli. A. oblastining atmosfera sirkulyatsiyasi okean sirkulyatsiya tizi-mini yuzaga keltiradi. A. shimoliy qismida kuchli A. oqimi, janubida aylanma siklon oqimlari hukmron. Qitadan shimoliga tomon dengiz muzlari va aysberglar iliq suvlargacha oqib chiqadi va eriydi. Qishda dengiz muzliklari 1000 km ken-glikgacha ham tarqaladi, yezda esa qirg‘oq atroflarida harakatlanadi. Yiliga ays-berglar ko‘rinishida o‘rtacha 2000 km3 chu-chuk muzlar okeanga tushadi. A.ning ust-ki suvlari temperaturasi qishda – 1,8° dan 2° gacha, yozda 2° dan 3,5° gacha, sho‘rligi 34% atrofida. A. suvlari jonli organizmga boy. A. o‘simlik va hayvonot dunyosi alohida Antarktika biogeografik ob-lastini tashkil etadi. Xalqaro-huquqiy shartnomaga asosan A.dan butun dunyo mamlakatlari umumiy va teng miqyosda, faqat tinchlik maqsadida foydalanishlari mumkin. Harbiy tadbirlarning barchasi (harbiy bazalar qurish, harbiy mashqlar o‘tkazish, yadro qurollarini sinab ko‘rish, radioaktiv moddalar tash-lash) taqiqlanadi. Shartnoma tufayli bu yerda erkin ilmiy tadqiqot ishlari olib borish mumkin. A. xalqaro boshqaruvdan xolis.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Alemannisch: Antarktis
azərbaycanca: Antarktika
башҡортса: Антарктика
Boarisch: Antarktis
беларуская: Антарктыка
беларуская (тарашкевіца)‎: Антарктыка
български: Антарктика
буряад: Антарктика
Чӑвашла: Антарктика
Deutsch: Antarktis
dolnoserbski: Antarktis
English: Antarctic
eesti: Antarktika
suomi: Antarktis
Võro: Antarktiga
Nordfriisk: Antarktis
hornjoserbsce: Antarktis
magyar: Antarktisz
հայերեն: Անտարկտիկա
Ilokano: Antartiko
日本語: 南極
ქართული: ანტარქტიკა
Qaraqalpaqsha: Antarktida
қазақша: Антарктика
kalaallisut: Antarktis
Кыргызча: Антарктика
latviešu: Antarktika
Bahasa Melayu: Antartik
norsk nynorsk: Antarktika
norsk: Antarktis
polski: Antarktyka
română: Antarctica
русский: Антарктика
Scots: Antarctic
Simple English: Antarctic
shqip: Antarktis
тоҷикӣ: Антарктика
Türkmençe: Antarktida
Türkçe: Antarktik
українська: Антарктика
Tiếng Việt: Vùng Nam Cực
Yorùbá: Antárktìkì
Bân-lâm-gú: Lâm-ke̍k-chiu
粵語: 南極地區