1995

1995

Mingyillik:2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • Yanvar — Toshkentda Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.
  • 8 va 22 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 2-, 3-turi boʻlib oʻtdi.
  • 18 fevral — Toshkentda Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
  • 22 fevral — Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" gazetasi chiqa boshladi.
  • 28 fevral — Oʻzbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki — "Oʻzprivatbank" oʻz faoliyatini boshladi.
  • 26 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirishga bagʻishlangan referendum boʻlib oʻtdi.
  • Mart — "Toshqishloqmash" zavodida pichan yigʻuvchi kombaynlar seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlandi.
  • Mart — Toshkentda "Atrof-muhitni saqlab qolish — Oʻrta Osiyo davlatlari uchun kelajak vazifasi" mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 19 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini * tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
  • Aprel — Toshkentda Respublikada birinchi xususiylashtirish va investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro banki ("Oʻzxususiybank") ochildi.
  • 19 may — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Islomni tadqiq qilish boʻyicha Xalqaro markaz tashkil etish toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
  • 31 may — Toshkent aviatsiya instituti tashkil etildi.
  • 25 may — Muruntovda "Zarafshon-Nyumont" qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
  • 3 iyun — Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • 5 iyun — Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.
  • 10 iyun — "Milliy tiklanish" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 14—20 iyun — Toshkentda birinchi savdo-sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Unda 85 dan ziyod davlat, aksiyadorlik, xususiy va qoʻshma korxonalar ishtirok etdi.
  • Iyun — "Xalq birligi" harakati faoliyat boshladi.
  • 7 iyul — "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni (2004 yil 19 maydan Navoiy kon-metallurgiya kombinati) qoshida Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi.
  • 7 iyul — Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi - "Biznesfond" nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tuzildi.
  • 27 iyul — Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat banki — "Paxtabank" tashkil etildi.
  • 28 iyul — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
  • Iyul — Bogʻot tumanida Buyuk Britaniya bilan hamkorliqda tibbiyot momigʻi ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi.
  • Iyul — Margʻilondagi "Ipakchilik" aksiyadorlik jamiyatida pilla chiqindilaridan qimmatbaho ip ishlab chiqaradigan "Spinning-Silk" Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ish boshladi.
  • 17 avgust — Qoʻqonda spirt zavodi ishga tushdi.
  • 24 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari toʻgʻrisida"gi qarori chiqdi.
  • 26 avgust — Toshkentda Oʻzbekiston hukumati bilan YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
  • 30 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.
  • 30 avgust — "Mehnat shuhrati", I va II darajali "Shon-sharaf" ordenlari taʼsis etildi.
  • 31 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi.
  • Avgust — Oʻzbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi qabul qilindi.
  • 2 sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi (Akademiyani tashkil etish haqidagi qaror 1994 yil 15 avgustda qabul qilingan).
  • 2 sentyabr — Toshkentda 1-Markaziy Osiyo oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 7 sentyabr — Oʻzbekiston alpinizmi tarixida birinchi marta Respublika Davlat sport qoʻmitasi alpinistlari guruhi ikkita baland choʻqqi — Xontangri (6995 m) va Gʻalaba (7439 m) choʻqqilarini zabt etishdi. 7 sentyabr — Toshkent shahrida "Zamin" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki tashkil etildi.
  • 14 sentyabr — Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulugʻbek nomi berildi (2000 yil 28 yanvardan Oʻzbekiston milliy universiteti).
  • 15—16 sentyabr — Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha Xalqaro seminarkengash boʻlib oʻtdi. Unda BMT, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik kengashi, Islom konferensiyasi tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashida ishtirok etuvchi mamlakatlar, MDHga aʼzo boʻlgan mamlakatlar delegatsiyalari, Oʻrta Osiyo davlatlari va ularga qoʻshni boʻlgan davlatlar vakillari ishtirok etdi.
  • 18 sentyabr — Nukusda BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.
  • 21 sentyabr — Qoraqalpogʻistondagi Urgʻin gaz koni foydalanishga topshirildi.
  • 23 sentyabr — Toshkent viloyatining Zangiota tumanida vino ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston—Italiya "Farital" qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
  • 10 oktyabr — Toshkentda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar boʻyicha regional byurosi ochildi.
  • 20 oktyabr — "Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
  • 24—25 oktyabr — Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi.
  • 7 noyabr — Ixtisoslashtirilgan "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 8 noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining "Jahon" axborot agentligi tuzildi.
  • Noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasida Xorazmda tugʻilib oʻsgan tilshunos, adib va hadisshunos olim Abulqosim Zamaxshariyning 920 yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 1 dekabr — Toshkentdagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 5 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston — Vatanim manim" koʻshiqlar koʻrik tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.
  • 12 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida" qonuni eʼlon qilindi.
  • 21—22 dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnat kodeksi", "Davlat mukofotlari toʻgʻrisida"gi qonunlari qabul qilindi.
  • 1995 — Ulugʻ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1995 - Amir Temur xalqaro xayriya jamgʻarmasi tashkil etildi.
  • 1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "1941—45 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida"gi farmoni asosida (1994 yil 16 martdagi) Oʻzbekiston nashriyotlari 33 jildli "Xotira" kitobi (keyinchalik unga qoʻshimcha tarzda 2 jild chiqdi) va Oʻzbekiston xalqining urush millaridagi, urush ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild (ruscha, oʻzbekcha) nashr etildi.
Other Languages
Аҧсшәа: 1995
Afrikaans: 1995
Alemannisch: 1995
አማርኛ: 1995 እ.ኤ.አ.
aragonés: 1995
العربية: 1995
مصرى: 1995
asturianu: 1995
авар: 1995 сон
Aymar aru: 1995
azərbaycanca: 1995
башҡортса: 1995 йыл
Boarisch: 1995
žemaitėška: 1995
Bikol Central: 1995
беларуская: 1995
беларуская (тарашкевіца)‎: 1995
български: 1995
भोजपुरी: 1995
Bahasa Banjar: 1995
বাংলা: ১৯৯৫
বিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরী: মারি ১৯৯৫
brezhoneg: 1995
bosanski: 1995.
català: 1995
Chavacano de Zamboanga: 1995
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: 1995 nièng
нохчийн: 1995 шо
Cebuano: 1995
کوردی: ١٩٩٥
qırımtatarca: 1995
čeština: 1995
kaszëbsczi: 1995
Чӑвашла: 1995
Cymraeg: 1995
dansk: 1995
Deutsch: 1995
Zazaki: 1995
Ελληνικά: 1995
emiliàn e rumagnòl: 1995
English: 1995
Esperanto: 1995
español: 1995
eesti: 1995
euskara: 1995
فارسی: ۱۹۹۵
suomi: 1995
Võro: 1995
føroyskt: 1995
français: 1995
arpetan: 1995
Nordfriisk: 1995
furlan: 1995
Frysk: 1995
Gaeilge: 1995
Gagauz: 1995
贛語: 1995年
Gàidhlig: 1995
galego: 1995
Avañe'ẽ: 1995
Gaelg: 1995
客家語/Hak-kâ-ngî: 1995-ngièn
עברית: 1995
हिन्दी: १९९५
Fiji Hindi: 1995
hrvatski: 1995.
hornjoserbsce: 1995
Kreyòl ayisyen: 1995 (almanak gregoryen)
magyar: 1995
հայերեն: 1995
interlingua: 1995
Bahasa Indonesia: 1995
Igbo: 1995
Ilokano: 1995
ГӀалгӀай: 1995 шу
Ido: 1995
íslenska: 1995
italiano: 1995
日本語: 1995年
la .lojban.: 1995moi
Basa Jawa: 1995
ქართული: 1995
Kabɩyɛ: 1995
қазақша: 1995 жыл
ಕನ್ನಡ: ೧೯೯೫
한국어: 1995년
къарачай-малкъар: 1995 джыл
Ripoarisch: Joohr 1995
kurdî: 1995
коми: 1995-ӧд во
kernowek: 1995
Кыргызча: 1995
Latina: 1995
Lëtzebuergesch: 1995
лезги: 1995 йис
Limburgs: 1995
Ligure: 1995
lumbaart: 1995
lingála: 1995
lietuvių: 1995 m.
latviešu: 1995. gads
मैथिली: १९९५
Basa Banyumasan: 1995
мокшень: 1995
Malagasy: 1995
олык марий: 1995
Māori: 1995
Baso Minangkabau: 1995
македонски: 1995
മലയാളം: 1995
монгол: 1995 он
मराठी: इ.स. १९९५
кырык мары: 1995 и
Bahasa Melayu: 1995
မြန်မာဘာသာ: ၁၉၉၅
эрзянь: 1995 ие
Dorerin Naoero: 1995
Nāhuatl: 1995
Napulitano: 1995
Plattdüütsch: 1995
Nedersaksies: 1995
नेपाली: सन् १९९५
नेपाल भाषा: ई सं १९९५
Nederlands: 1995
norsk nynorsk: 1995
norsk: 1995
Nouormand: 1995
Sesotho sa Leboa: 1995
occitan: 1995
Livvinkarjala: 1995
ଓଡ଼ିଆ: ୧୯୯୫
Ирон: 1995-æм аз
ਪੰਜਾਬੀ: 1995
Kapampangan: 1995
Papiamentu: 1995
Deitsch: 1995
पालि: १९९५
polski: 1995
پنجابی: 1995
português: 1995
Runa Simi: 1995
română: 1995
armãneashti: 1995
русский: 1995 год
русиньскый: 1995
саха тыла: 1995
sardu: 1995
sicilianu: 1995
Scots: 1995
سنڌي: 1995ع
davvisámegiella: 1995
srpskohrvatski / српскохрватски: 1995
සිංහල: 1995
Simple English: 1995
slovenčina: 1995
slovenščina: 1995
Soomaaliga: 1995
shqip: 1995
српски / srpski: 1995
Seeltersk: 1995
Basa Sunda: 1995
svenska: 1995
Kiswahili: 1995
ślůnski: 1995
தமிழ்: 1995
తెలుగు: 1995
tetun: 1995
тоҷикӣ: Соли 1995
ไทย: พ.ศ. 2538
Türkmençe: 1995
Tagalog: 1995
Tok Pisin: 1995
Türkçe: 1995
татарча/tatarça: 1995 ел
reo tahiti: 1995
удмурт: 1995 ар
українська: 1995
اردو: 1995ء
vèneto: 1995
Tiếng Việt: 1995
West-Vlams: 1995
Volapük: 1995
walon: 1995
Winaray: 1995
吴语: 1995年
хальмг: 1995 җил
მარგალური: 1995
ייִדיש: 1995
Yorùbá: 1995
Zeêuws: 1995
中文: 1995年
Bân-lâm-gú: 1995 nî
粵語: 1995年